Tojiev Mirsodiq Mahmudovich

Tojiev Mirsodiq Mahmudovich (1944.25.3 Toshkent 1996.8.6) kompozitor, O’zbekistondaxizmatko’rsatgansan’atarbobi (1981). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Toshkent musiqa bilim yurtida o’qituvchi (1965-70), «go’zal» va «shodlik» ansambllari, O’zbek davlat filarmoniyasi badiiy rahbari (1971-1979), O’zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi (1982-1987), Toshkent konservatoriyasi o’qituvchisi, dosent (1971 — 1996). T. o’zbek musiqa merosi (jumladan, maqom an’analari) negizida badiiy etuk asarlar yaratishga muvaffaq bo’lgan. T. o’zining 3, 9, «somon yo’li» trilogiyasi (15-17) va «qahramonlik» (19) simfoniyalari bilan milliy simfonizm rivojiga katta hissa qo’shgan. Shuningdek, «shoir muhabbati» simfonik poemasi, kamer orkestr uchun yozilgan 7, 8, 12, 18simfoniyalari, «O’zbekiston» poemafaxriya (B.Boyqobulov), «ko’hna Samarkand yuragi» nurlitovushli musiqali panorama kabi asarlari mashhur. T. yaratgan musiqiysahnaviy asarlari orasida «Chollar va kampirlar» (H. Sharipov), «Qaydasan, jon bolam» musiqali komediyalari, «kumush» (Abdulla Kodiriyning «O’tgan kunlar» romani asosida) operasi va b. Kamer musiqa, xalq cholg’ulari orkestri uchun «tantana», «sarafroz» va b. asarlar muallifi. «Kompozitor Mirsodiq Tojiev» hujjatli filmi suratga olingan (2000, rej. A. Fatxullin). Ayrim asarlari gramplastinkalarga yozilgan, 3(M., 1989), 7-8(T., 1986) simfoniyalari nashr etilgan.