Tol

Tol (Salix) — toldoshlarga mansub daraxtlar va buta, chala butalar turkumi. 300 turi ma’lum. Asosan, mo»tadil mintaqada, Evropa va shim. Amerikada tarqalgan. O’rta Osiyoda 22 turi bor. Daraxtlarining xodasi yo’g’on, po’sti dag’al, barglari navbat bilan joylashgan. Ba’zilari bargi yozilguncha, boshqalari bargi yozilgandan keyin yoki bargi yozilishi bilan bir vaktda gullaydi. Ikki yoshli novdalari kuchala chiqaradi. Gullari ikki uyli, bir jinsli, mart— apr. oylarida gullaydi. Mevasi ko’sakcha. 25-30 kunda etiladi. Urug’i mayda, ochiq va nam erda tez, ya’ni 5-10 soatda unib chiqadi. 15-20 kundan keyin unish qobiliyatini yo’qotadi. Qalamchasidan, poya (xoda)sidan, parxishdan yaxshi ko’payadi. O’zbekistonda oq T., qora T., ignabarg T., majnuntol, suvtol, Turon T.i kabi turlari tarqalgan. Oq tolning (S.alba) bal. 10-15 m. yog’och tanasi po’stlog’i to’q kulrang, sur. Tanasining diametri 1,5 gacha, qora tolning (S.excelsa Gmel.) da-raxt novdalari rangi qo’ng’irqizg’ish. Tez o’sadi. Issiqqa chidamli, sho’rxok erlarda ham yaxshi o’sadi. Qalamchasi va poyasi ekib o’stiriladi. Obodonlashtirish va xo’jalik ehtiyojlari uchun ko’p ekiladi. I g n a bargli tol (S.acutifolia) — dare bo’ylarida, kichikkichik suv havzalari, ariklar, xonadonlar atrofida usadi. Kuryuqchilikka, sho’rxokka chidamli. Novdalari nozik va ingichka. Bal. 2-4 m; majnuntol (S.babulonica) — bal. 8-10 m ga etadi. Manzarali daraxt sifatida o’stiriladi; suvtol yoki Vilgelms toil (S.wilhelmsiana Bieb.) — buta, novdasi ingichka, uzun, cho’l, adir, tog’zonalaridagi to’qayzorlarda uchraydi. Olga toil (S.olgae Rgl.) — yirik buta, novdalari rangi korakizil yoki sariq; Nedzveskiy toli (S.niedzwiecku Goerz.) — past bo’yli daraxt, pishgan novdalari qizg’ish yoki qo’ng’ir. Daryo sohillarida o’sadi. Turon toli (S.turanica Nas.) — tog’va tog oldi to’qaylarida to’pto’p bo’lib o’sadi. Katta buta, bal. 5-6 m. Barglari uz. 12 sm, novdasi och sariq. Novdalaridan har xil savatlar to’qiladi. Ko’kalamzorlashtirish, obodonlik, ihota o’rmonzorlari tashkil etish, yog’och va xoda olish uchun ekiladi. Qadimdan T. yog’ochidan qurilish materiallari, toqi, ishkom, so’ri, har xil buyumlar, beshik, bolalar o’yinchoqlari, ketmon va belkurak dastalari yasashda foydalaniladi. Ad.: Antsiferov G.I., Iva, M., 1984. Abdushukur Xonazarov.