Tol

Tol (Frans. tole — temir list) — tom yopish va izolyasiya uchun ishlatiladigan gidroizolyasiya materiali. Kartonga qora moy shimdirish yo’li bilan tayyorlanadi. T.ning bir tomoniga mineral mahsulot, ikkinchi (tashqi) tomoniga yirik qum sepib ishlov beriladi. T.ning pastki tomoni qiyin eriydigan mum va ba’zan mayda qum bilan qoplanadi. T. ning kumsiz xillari ham bo’ladi. T.ning bitumli yopmalarga qaraganda chidamliligi kam, asosan, inshootlarni vaqtincha yopishda, qurilish konstruktsiyalarini suv va bug’dan izolyasiyalashda ishlatiladi. O’zbekistonda ishlab chiqariladigan T. ning eni 750, 1000 va 1025 mm, o’rama (rulon) tarzida tayyorlanadi.