Tolerantlik

Tolerantlik (immunologik tolerantlik — barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususiyatini saqlagan holda organizmning muayyan antigenga nisbatan immunologik javobining yo’qolishi yoki susayishi. «T.»termini ingliz olimi P. Medavar (1953) tomonidan ko’chirib o’tqazilgan begona to’qimaga nisbatan organizm immun sistemasi «chidamliligini» ko’rsatish maqsadida taklif etilgan. «Immunologik falajlik», «areaktivlik», «antigen og’irligi» kabi terminlar T. ning har xil shakllariga Moe keladi. Sog’lom organizmning immun tizimi o’zining antigenlariga nisbatan tolerant bo’lishi tufayli organizm to’qima va hujayralariga zarar etkazishi mumkin bo’lgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi. Homilaning alloantigenlarga nisbatan tolerantligining fiziologik holati homiladorlik paytida vujudga keladi, degan taxminlar mavjud. Kon hosil qiluvchi (plazmatik) hujayralarning ona qornida bo’ladigan almashinuvlari natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham qonning guruhlangan (q. Qon guruhlari) antigenlariga nisbatan o’zaro fiziologik T. paydo bo’lishi mumkin. Bakteriya va viruslarga nisbatan T. latent, ya’ni yashirin infektsiya yuqqanida (mas., odamda zardob gepatiti virusi) kuzatiladi. Organ va to’qimalar transplantasiyasi (ko’chirib o’tqazish) da transplantantning takdiri resipientda donorning gistoo’rindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan T. ning qanchalik to’liq va uzoq bo’lishi bilan aniklanadi. Xususiy antigenlarga nisbatan T.ning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi. T. to’liq yoki immun javobning biron shakliga taallukli bo’lishi mumkin (mas., antigenlar hosil qilish qobiliyatini yo’qotganda hujayra immunitetini saqlab qolish). T.ning murakkab tabiati, bu holatni o’rganish uchun tajribalar o’tkazish vaqtida ochiladi. Immunokompetent hujayralar ma’lum klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki butunlay to’xtashi natijasida qaytmas T. vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat immun sistema pishib etilmagan davrda, ayniqsa, organizmga ko’p miqsorda antigenlar kiritilganda paydo bo’ladi (homilaning ona qornida rivojlanishi davrida yoki bola tug’ilgandan keyingi dastlabki kunlarda). Voyaga etgan organizmlarda T.ni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunocompetent hujayralarni to’liq bo’g’ish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar T. hosil qilsa bo’ladi. Bunday antigenlarning molekulalari limfositlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni to’sib qo’yadi, deb taxmin qilinadi. Qaytar T.ni antigenantitelo kompleksi ham hosil qiladi. T. V limfositlar hamda fagositlarning immune javobini to’xtatib turuvchi maxsus Tlimfositlar mavjud. Bunday Tlimfositlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik T.ni saqlab turishi mumkin. Antitelolarning bir me’yorda hosil bo’lishini amalga oshiruvchi T. shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar to’qimalardagi antigenlar bilan bog’lanadi. T.ni organizmga ko’p miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfositlarga etkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunocompetent hujayralardan to’sib turadi. Organizmning tashki muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham T. deb ataladi. O’simliklarda T. himoya reaktsiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban o’ziga xos chidamlilikning namoyon bo’lishi. Turda T.ning paydo bo’lishi tanlash natijasi bilan bog’liq bo’lib, tabiiy populyasiyalardagi evolyusion jarayonda o’simlik bilan patogen o’rtasida uzoq vaqt davom etgan o’zaro ta’sirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy o’simliklar T. tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida qam qoniqarli hosil beradi. T.ning namoyon bo’lishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh o’simlik ontogenezi fazalariga va b.ga bog’liq. Barcha navlarga mansub bo’lgan o’simliklar T. i qulay sharoitlarda o’stirilganda (oziklantirish, agrotexnika) oshadi. Tolerant navlardan keng mikyosda foydalanish xavfli, chunki ular boshqa o’simliklarni zararlovchi manba bo’ladi; kasallik qo’zg’atuvchi yangi mikroorganizmlarning paydo bo’lishiga qulay sharoit yaratadi. Farmakologiya va toksikologiyada T. zaharli va farmasevtik moddalar (mas., narkotiklar)ga nisbatan sezuvchanlikning pasayishini anglatadi. Uzoq vaqt davomida organizmga kichik dozalarni kiritish natijasida kuchli ta’sir etuvchi zaharlarga ko’nikish mitridatizm deb ataladi (q. Immunitet, Immunologiya). Abdukarim Zikiryoev.