TO’LIN SUV DAVRI
TO’LIN SUV DAVRI — Daryo suvining har yili bir mavsumda takrorlanib turadigan ko’payishi va sathining ko’tarilishi. Bu davrda daryolar yillik suvining 60-80% oqib o’tadi. Daryolarning to’yinish manbalariga qarab, To’lin suv davri bahor va yozda bo’ladi. Bahorgi To’lin suv davri mavsumiy qor suvlaridan to’yinadigan tekislik daryolari bilan uncha baland bo’lmagan tog’lardagi daryolarda (Qoradaryo, Qashqadaryo, Ohangaron va boshqalar) kuzatiladi. Yozgi To’lin suv davri baland tog’lardagi mangu qor va muzliklar suvidan to’yinadigan daryolar (Zarafshon, Shohimardon, So’x, Isfara va boshqalar) bn musson yomg’irlari hisobiga to’yinadigan daryolarda kuzatiladi. To’lin suv davri kichikroq daryolarda 1,5—2 oy, yirik daryolarda 3-4 oy davom etadi.