Tolmasov Mixail Jo’rabekovich

Tolmasov Mixail Jo’rabekovich (1887, Buxoro -1969.30.3, Samarqand) — maqomchi xonanda, sozanda (tanbur, dutor, doyra). O’zbekiston xalq artisti (1936). Ota Jalol Nosirov. Levicha Hofiz Boboxonovlardan Shashmaqomning ashula va cholg’u yo’llarini o’rgangan. Ovozi juda yoqimli bo’lib. ashulalarni maqom ijrochiligidagi mumtoz uslubda mahorat bilan aytgan. Turli ansambllar (1920-33), Samarqanddagi mahalliy yahudiylar teatri, Buxoro mahalliy yahudiylar truppasi (1933-38)da xonanda va sozanda, Buxoro viloyati san’at boshkarmasi rax,bari (1938-41), O’zbek davlat filarmoniyasi krshidagi tojik ashula va raqs ansamblida xonanda, badiiy rahbar (1941-48). Yu. Rajabiy T. ijrosida «Savti Ushshoq», «Savti Navo», «Mo’g’ulchai Dugoh», «Mo’g’ulchai Segoh» (shoxobchalari bilan) notaga olib, Shashmaqom nashrlarida keltirgan. T. ijrolari gramplastinkalarga ham yozilgan. Bastakor sifatida «najot», «zulmi Amir» musiqali komediyalarga kuy bastalagan.