Tolyatti
Tolyatti (1964 y.gacha Stavropol) — RF samara viloyatidagi shahar. Volga daryosidagi port. T.y. stantsiyasi. Kuybishev suv omborining chap sohilida. Aholisi 716,3 ming kishi (1998). 3 shahar tumani bor. T.ga 1737 y. asos solingan. Volga GES suv omboriga suv to’ldirilishi munosabati bilan (1950 y.lar o’rtalarida) shahar butunlay yangi joyga ko’chiriddi. 1964 y.da P. Tolyatti nomiga qo’yildi. Volga avtomobil zdining qurilishi (1967-72) shahar taraqqiyotiga muxim ta’sir ko’rsatdi. Mashinasozlik va metallsozlik («AvtoVAZ» bosh korxonasi) etakchi o’rinda; transformatorlar ishlab chiqariladi, kema ta’mirlashmexanika zdi faoliyat ko’rsatadi. Kimyo sanoati (mineral o’g’itlar, sintetik kauchuk va b.) rivojlangan. 2 ilmiy tadqikrt inti, politexnika inti, teatr, o’lkashunoslik muzeyi bor.