TOMIZM

TOMIZM — Foma Akvinskiy ta’limoti va u asos solgan katolisizm falsafasi va ilohiyotidagi yo’nalish. Xristianlik aqidalarini Aristotel falsafasi bilan birlashtirgan. Tomizm 13-asrda Yevropada (Sxolastikada) hukmron mavqeni egallagan. Avgustin platonizmini siqib chiqargan va averroizmga qarshi turgan. Keyinchalik uning ta’siri bo’shashib qoldi. 19-asr oxiridan neotomizm shaklida qayta tiklanib, katolik cherkovining rasmiy falsafiy ta’limoti deb e’lon qilindi.