Tomonaga Sin’itiro

Tomonaga Sin’itiro (1906.31.3 Kioto -1979.8.7) — yapon nazariyotchi fizigi. Kvant elektrodinamika asoschilaridan biri. Kioto untini tugatgan (1929). Fizika va kimyo i. t. intida ishlagan (1932 y.dan). O’z bilimini Leypsig untida takomillashtirgan (1937-39). Tokio unti prof. (1941 y.dan). Ilmiy ishlari kvant elektrodinamika, maydon kvant nazariyasi, mezonlar nazariyasi, yadro fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va b.ga oid. Mezoatomlar mavjudligini bashorat qilgan (1940), kvantmexanik kollektiv harakat nazariyasi (1955) va b.ni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureata (1965; R. Feynman va J. Shvinger bilan hamkorlikda).