Tomsen (Thomsen) Vilgelm Lyudvig

Tomsen (Thomsen) Vilgelm Lyudvig (1842.25.1 Kopengagen 1927. 12.3) — daniyalik tilshunos, tarixchi. Kopengagen unti prof. (1887— 1913). Daniya Qirolligi ilmiy jamiyati Prezidenta (1909 y.dan). Peterburg faning xorijiy muxbir a’zosi (1894). Birinchi bo’lib Urxunenisey yodgorliklarini o’qigan (1893) va ularning qad. turkiy tillarga oidligini aniqlagan. Qiyosiytarixiy tilshunoslik, finugor va turkiy tillarni o’rganishga oid ilmiy asarlar yaratgan. Daniya tili lahjalari lug’atini va shved tili lug’atini tuzishda qatnashgan. «19-asr oxirigacha bo’lgan tilshunoslik tarixi» monografiyasi muallifi (1902, 1927; 2nashri, 1938 y.da rus tiliga tarjima kilingan). Bu asarida umuman til haqidagi bilimning taraqqiyoti jarayonini kamrab olishga, uni davrlashtirishga, lingvistik tafakkur rivojidagi asosiy tamoyillarni ko’rsatib berishga erishgan. Shuningdek, T. «Qutadg’u bilig» ning Vena kutubxonasida saklanayotgan uyg’ur yozuvidagi qo’lyozmasi asosida asar nomining hoz. transkripsiyasini taklif etgan. Bu transkripsiya ko’pchilik tomonidan, jumladan O’zbekistonda ham kabul qilingan. Tomsk — RF Tomsk viloyatidagi shahar (1782 y.dan), viloyat markazi. Tom daryosining o’ng sohilida. Daryo porti. T.y. stantsiyasi, daryodan t.y.ga, temir yo’ldan daryoga yuk ortiladigan punkt. Aeroport bor. Aholisi 478 ming kishi (1998). 3 shahar tumani mavjud. T. 1604 y.da vujudga kelgan. 1804— 1925 y.larda gubernya markazi. Shahar 19-a.ning 30-y.lari oxiridan, Tomsk va Enisey gubernyalarida ko’plab oltin qazib olina boshlashi munosabati bilan, Sibirning muhim savdo, hunarmandchilik va tranzit markazi bo’lib qoldi. T.da 1880 y.da Rossiyaning Osiyo qismida birinchi unt, 1896 y.da Sibirda birinchi oliy texnika o’quv yurti — texnologiya inti ochilgan. 1880-y.dan T. podsho Rossiyasining surgun joyi edi. T. da mashinasozlik va metallsozlik (priborsozlik, elektrotexnika sanoati, podshipniklar, asboblar va b.), kimyo, yog’ochsozlik, oziq-ovqat, engil sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari korxonalari bor. Shaharda Rossiya FA Sibir bo’limining ilmiy markazi; 6 oliy o’quv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, muzeylar (shu jumladan, Tomsk unti muzeyi), Botanika bog’i mavjud. Me’moriy yodgorliklardan: Voskresenskaya cherkovi (18-a. oxiri — 19-a. boshlari), savdo rastalari (18-19-a.lar) saklangan.