Tomsk viloyati

Tomsk viloyati — RF tarkibidagi viloyat. 1944 y. 13 avgustda tashkil etilgan. Mayd. 316,9 ming km2. Aholisi 1046 ming kishi (2002). Asosan, ruslar (88,2%), shuningdek, ukrain, tatar, nemis, Belorus, chuvash, shimol xalklari (shu jumladan, selkup, Xanti va b.) yashaydi. Shahar aholisi 68,4%. Tarkibiga 16 ma’muriy tuman, 6 shahar, 1 shaharcha kiradi. Markazi — Tomsk sh. Boshka yirik shaharlari: Strejevoy, Asino. T. v. G’arbiy Sibirning Jan.sharqida, Ob daryosining o’rta oqimida joylashgan. Hududining asosiy qismini G’arbiy Sibir tekisligining yassi, kuchli botqoqlashgan hududlari egallagan. Faqatgina, Jan.sharkda viloyat hududiga Kuznesk Olatovining (bal. 211 m gacha) shim. tarmoklari kirib borgan. Shim.dan 58° shu kabida relefining muzlik shakllari — morena qator tepalari, ko’l—muzlik botiqlari va b. joylashgan. Ob daryosining keng vodiysi viloyat hududini botqoqlashgan Vasyugane tekisligi va sal ko’tarilgan o’ng sohilga bo’ladi. Foydali qazilmalardan temir rudasi, neft, gaz, qo’ng’ir ko’mir, qurilish materiallari konlari va b. topilgan. Torf, er osti suvlari va issiq mineral suvlari zaxiralari ko’p. Iqlimi kontinental. Qishi qattiq va davomli. Yanv.ning o’rtacha trasi — 19° dan -21° gacha. Yozi iliq, qisqa. Iyulning o’rtacha trasi 17-18°. Yillik yog’in 450— 770 mm. Vegetasiya davri 125 kunga yaqin. Asosiy suv tarmoqlari — ob daryosi va uning irmoklari (Tom, Chulim, ket, Tim, Chaya, Parabel, Vasyugan). Ko’l ko’p. T. v. o’rta va Jan. tayga va qisman aralash o’rmonlar zonasida joylashgan. Tuproqlari, asosan, chimlipodzol va torflibotqoq, Jan.sharqida bo’zo’rmon tuproq. O’rmonlar (Sibir kedri, oqqarag’ay, qarag’ay, qayin, tog’terak) viloyat hududining 54% ni egallaydi. Bo’ri, silovsin, tulki, shimol bug’usi, Los, elik, burunduq, olaxurjun yashaydi. Tiyin, sobol, ondatra ovlanadi. Xo’jaligining etakchi sanoat tarmoklari—mashinasozlik va metallsozlik. Priborlar, elektrotexnika asboblari («Sibelektromotor»), podshipniklar («Roltom»), konchilik asbob uskunalari («Tomskiy instrument»), («Sibkabel») ishlab chiqariladi. Neft qazib olinadi, kimyo («Nefteximicheskiy kombinat», «Polipropilen» va «zavod rezinovoy obuvi»), o’rmon va yog’ochsozlik («Tomsklesprom», qalam fkasi) korxonalari bor. Oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Tomsk, Asino, Kolpashevo, Strejevoy; Samus shaharchasi. Bug’doy, arpa, kartoshka, sabzavot, zig’ir, emxashak ekinlari ekiladi. Chorvachilik (qoramol, cho’chqa, qo’y va echki), parrandachilik rivojlangan. Baliqchilik, mo’ynali hayvonlarni ovlash va darrandachilik bilan ham shug’ullaniladi. Asosiy transport vositalari suv va avtomobil transporti. Ob, Tom, Chulim, Ket, Chaya, Parabel, Vasyugan daryolarida kema katnaydi. T.y. uzunligi 346 km. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llari uz. 3,4 ming km. Havo transporti rivojlangan. 1 xalqaro va 6 mahalliy ahamiyatdagi aeroportlar mavjud. 6 oliy o’quv yurti, 2 muzey, 2 teatr bor. 20 ga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi faoliyat ko’rsatadi.