To’ngra, Tongra

To’ngra, Tongra — ilk o’rta asrlarda Mo’g’ulistonda yashagan turkiy qabila. Ushbu etnonim dastlab qad. turk bitiktoshlarida (7-8-a.lar) T., ilk o’rta asrlarga taalluqli Xitoy yilnomalarida esa tunlo shaklida uchraydi. Ushbu manbalardagi ma’lumotlardan ularning Tola va Kerulen daryolari oralig’ida yashaganligi ma’lum bo’ladi. Jumladan, Xitoy yilnomalarida tunlo (T.)lar syeyanto (sirtardush)lardan shim.da, dolange (telengut)lardan sharkda istiqomat qiladigan urug’sifatida ko’rsatiladi. T. larni ko’pchilik tadqiqotchilar bitiktoshlardagi ma’lumotlarga asoslanib o’g’uzlarning bir urug’i bo’lgan deb, hisoblashadi. Chunonchi, bitiktoshlarda Turk xoqonligi (552-745) 715 y.da o’g’uzlarga qarshi besh marotaba jang qilgan paytda uchinchi jang T. lar bn bo’lib o’tganligi va ularning mag’lub etilgani qayd etiladi. Xitoy yilnomalarida esa T.lar telelarning 9 qabilasidan biri sifatida qayd etiladi. Shuningdek, T.larning uyg’urlarni tashkil qilgan 15 ta qabiladan biri ekanligi g’am ta’kidlab o’tiladi. Ushbu ma’lumotlardan T.larning yaqin qardosh qabilalar — o’g’uzlar va uyg’urlar bn birgalikda tele (to’las) qabilalar uyushmasining biri bo’lganligi ma’lum bo’ladi. Ad.Xo’jaev A., Xo’jaev K., Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi, T., 2001.