Tonna
Tonna (lot. tunna, Frans. tonne — bochka) — 1) massaning tizimga kirmagan o’lchov birligi. Haqiqatan qam kattaroq bochkaning sig’imi 1 m3 atrofida bo’lsa, unga taxm. 1 t suv sig’adi. 4°da 1 m3 hajmdagi suvning massasi 1 t ga teng. T. ning 1000 kg ga teng metrik T.; 1016,05 kg ga teng Britaniya uzun T.si; 907,18 kg ga teng Britaniya qisqa T.si xillari mavjud; 2) yuk joylashtiriladigan binoning hajm o’lchovi (kemachilikda). 2,83 m3ga Moe keluvchi T. Buni reestr T. dey — iladi; 3) trinitrotoluolning yadroviy ekvivalenta; 4,2109 J ga teng; 4) Germaniyada yuza o’lchov birliklaridan biri. 1 T.q0,5466 ga q5466 m2. Tonus (Yun. tonos — taranglik) (f i ziologiyada) — nerv markazlari, muskul to’qimalari va arteriolalar devoridagi muskul tolalarining toliqmay, uzoq vaqt qo’zg’algan holatda bo’lishi. Nerv markazlari T. ida bosh va orqa miya qismlaridan efferent nervlar orqali impulslar uzluksiz yuborilib, organ va to’qimalarni ma’lum funktsional holatda anchagacha saqlaydi. Muskullar T.ida uzoq vaqt taranglashadi yoki qisqaradi, bunda tananing muvozanati, skelet muskullari tonusi, qovuq, bachadon va hazm a’zolari bo’shliqlarining bosimi hamda qon bosimi (silliq muskullar tonusi) ma’lum darajada saklanadi. Kontraktil va plastik T. bor. Kontrakt il T.da muskullar, ayniqsa, skelet muskullari keskin taranglashadi, moddalar almashinuvi kuchayadi, energiya sarflanishi ortadi. Plastik T.da muskullar kucheiz taranglashadi va bu holat uzok, davom etishi mumkin. Moddalar almashinuvining tezligi keskin o’zgarmaydi, ko’p energiya sarf bo’lmaydi, muskullar T. ini boshqarishda uzunchoq miyaning retikulyar formasiyasi, vestibulyar yadrolari, miyacha hamda gumoral omillardan adrenalin, karbonat angidrid katta rol o’ynaydi.