To’nyuquq, Tunyuquq

To’nyuquq, Tunyuquq (taxm. 645726) — Turk xoqonligiaa davlat arbobi va sarkarda. Ashida kabilasiga mansub. Turk zodagonlarining Xitoy imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan o’g’illaridan biri. Uning ismi Xitoy yilnomalarida Tunyuygu va Yuanchjen shakllarida uchraydi. Ushbu ismning ikkinchi shakli xitoychada «birinchi Gavhar» degan ma’noni bildirib, u T. ismi (qad. turkchada «to’ng’ich Gavhar»)ga Moe keladi. U Tabg’ach (Xitoy)da tug’ilib, voyaga etgan. Imperator saroyida ishonch qozonib, ma’muriy xizmatga yuborilgan. T. 680-y.larda Turk xoqonligini Xitoy asoratidan qutqarib, uni yangitdan barpo qilishda Eltarish xoqonning eng yaqin maslahatchisi bo’lgan. U 3 xoqon: Qutlut Eltarish (680-691), Qapog’on (691-716) va Bilga xoqon (716-734) hukmronliklari davrida bosh vazir va lashkarboshi bo’lgan. Umrining katta qismini xoqonlikni mustahkamlash, turli qabilalar ahilligini saklash, tashqi dushmanlarga qarshi kurash bn o’tkazgan. Xitoy yilnomalarida xoqonlikning eng dono amaldori sifatida tilga olinadi. Ularda bayon qilinishicha, Bilga xoqonning Xitoy ichkarisiga yurish qilib, turkiy qavmlarni shaharlarda joylashishi, budda diniga o’tishi ularning jangovarligini yo’qotishini, o’troq yashash tarzi turkiylarga to’g’ri kelmasligini aytib, xoqonni bu yo’ldan qaytaradi. Bu esa T.ning nihoyatda aklli, tadbirkor va kelajakni ko’ra oladigan shaxs bo’lganligini ko’rsatadi. T. lashkarboshi sifatida Xitoyning shimsharqidagi Shandun viloyatiga, uzoq Sharqda qoraxitoylart&, Enisey daryosi havzalaridagi qirg’izlarga, O’rxun va Selenga daryosi bo’ylaridagi o’g’uzlarga Ettisuvdagi turkashlarga qarshi yurishlar uyushtiradi va ularni tobe etadi. U 719 y. uyg’urlar, chinliklar va basmillarning ikkinchi Turk xoqonligiga qarshi yurishini to’xtatishga va Xitoy bn 10 yillik sulh tuzishga muvaffaq bo’ladi. U o’limidan oldin o’zining hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitoba (yana q. To’nyuquq bitiktoshi) barpo qildiradi. Ushbu yodgorlik qad. turk yozuvining ajoyib majmuasi hisoblanadi.