Topografik shartli belgilar
Topografik shartli belgilar — plan va xaritalarda joy ob’ekti va ular to’g’risidagi tafsilotlarni grafik tasvirlash tizimi; ular yordamida ob’ekt va tafsilotlarning o’rni, sifati hamda soniy tavsiflari ko’rsatiladi. T. sh.b. bir nechta asosiy turlarga bo’linadi. O’z o’lchamlari bo’yicha plan masshtabida haqikiy nisbatlari saklangan hodda tasvirlanishi mumkin bo’lgan ob’ektlar masshtabli shartli belgilar bilan beriladi; plan masshtabida tashqi ko’rinishi (konturi)ni tasvirlash imkoni bo’lmagan yoki tasvirlaganda ham kichkinaligidan nuktaga aylanib ketadigan ob’ektlar masshtabsiz shartli belgilar bilan beriladi. Bu belgilar ob’ektlar o’rnashgan joyni, ularning sifat va soniy tavsifini ko’rsatish imkonini beradi. Bunda ob’ektlar o’rnashgan joy shartli belgining bironbir nuqtasi bilan ko’rsatiladi; chiziqyai ob’ektlar — daryolar, yo’llar, Aloke simlari, chegaralar va h.k. chizikli shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Bu belgilar ob’ektlarning o’rnini, ularning bo’ylama o’qi bo’yicha ko’rsatish imkonini beradi. Biror ob’ekt plani uning vazifasi va masshtabiga qarab, masshtabli va masshtabsiz shartli belgilar bilan tasvirlanishi mumkin. Mas., yirik masshtabli topografik planlarda hamma aholi yashaydigan joylar masshtabli belgilar bilan ko’rsatiladi. Mayda masshtabli xaritalarda esa ular, odatda, masshtabsiz belgi — punson bilan ko’rsatiladi. T. sh.b. tuziladigan xaritani maqsad mazmuniga qarab ishlab chiqiladi.