Topografik xaritalar

Topografik xaritalar — asosiy tabiiy va ijtimoiyiktisodiy ob’ektlarni tasvirlovchi, mazmuni, bezagi va matematik asosi yagona bo’lgan mufassal umumgeografik xaritalar. Qat’iy geodezik asosda barqaror shartli belgalar sistemasi yordamida yaratiladi. Ularda geografik landshaftning tashqi ko’rinishi va uning asosiy elementlari — relef, gidrografiya, o’simlik, tuproqgrunt qoplami, aholi punktlari, yo’llar hamda sanoat, qishloq xo’jaligi. va b. ijtimoiy infrastruktura ob’ektlari bir xil aniqlikda va mukammalliqda tasvirlanadi (499 betdagi rangli xaritaga q.). T. x. 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000 va 1:100 000 masshtablarda tuziladi. Har bir T. x.ning nomi uning masshtabi bilan yuritiladi. Mas., masshtabi 1:10 000 bo’lsa, o’n mingli, 1:25 000 bo’lsa — yigirma besh mingli T.x. deyiladi. Quyidagi jadvalda T.x. masshtablari berilgan. T. x. elementlarini umumlashtirib, 2 guruh — matematik va geografik elementlarga bo’lish mumkin. Matematik elementlarga xaritaning to’ri, masshtabi, ramkasi, varaklarga bo’linishi va nomenklaturasi hamda geodezik tayanch punktlari kiradi. Geografik elementlarga T.x.da tasvirlanadigan er yuzasi tafsilotlari kiradi. T.x.elementlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular maxsus turg’un shartli belgilar va yozuvlar yordamida tasvirlanadi. T.x.dan joyni to’la o’rganish va tekshirishda, turli inshootlarni loyihalash va qurishda, aniq o’lchash va hisoblash kabi muhandislik ishlarini bajarishda, joyda orientirlahda, harbiy maqsadlarda keng foydalaniladi. Barcha topografik va obzor T.x. nemis olimlari Gauss va Kryugerlarning teng burchakli ko’ndalang tsilindrik proektsiyasida tuziladi. T.x.da tasvirlanadigan hudud ma’lum kattalikdagi qismlarga bo’linadi va ularning har biri alohida varaqda tasvirlanadi. Topografik yoki obzor T.x. ning har bir varag’i meridian va parallel chizikdar bilan chegaralanadi va trapesiya shakliga ega bo’ladi. Ko’p varakli xaritani alohida varaqlarga bo’linishiga grafalarga bo’lish va ularni ma’lum sistema bo’yicha belgilanishiga nomenklatura deyiladi. Hamma T.x.ning nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi xalqaro xaritaning grafalarga bo’lish va nomenklaturasiga asoslangan. Xalqaro nomenklatura sistemasi 1909 y. London va 1913 y. Parijda o’tkazilgan xalqaro geografik kongresslarda qabul kilingan. Bu sistemaga kura, 1:1 000 000 masshtabli xarita varag’ining kengligi meridian bo’yicha 4° va parallel bo’yicha 6° ga teng. Ekvatordan qutblarga tomon har 4° dan parallellar o’tkazilib katorlar, 180° li meridiandan boshlab har 6° dan meridianlar o’tkazilib kolonnalar hosil kilinadi. Qatorlar ekvatordan har ikkala kugb tomon lotin alfavitining bosh xarflari bilan (A dan Z gacha), ko lonnalar esa soat mili harakatiga teskari yo’nalishda o’sib borish tartibida 180° meridiandan boshlab Arab rakamlari bilan 1 dan 60 gacha belgilanadi. Shunday qilib, 1:1 000 000 masshtabli xarita har bir varag’ining nomenklaturasi qatorni belgilovchi harf va kolonna nomerini ko’rsatuvchi raqamdan iborat bo’ladi. Mac, Toshkent sh. joylashgan varaqning nomenklaturasi K—42, Moskva sh.niki N—37 deb belgilanadi. Quyidagi jadvalda T.x. bir varag’i (trapesiyasi)ning o’lchami va nomenklaturasi berilgan. T. x. barcha tashkilotlarda bir xil standart masshtablar, shartli belgilar va yo’lyo’riqlar asosida tuzilib nashr kilinadi. Ad.: Qo’ziboev T., Topografiya asoslari, T., 1965; Egamberdiev A., Geodeziya asoslari va topografiyadan testlar, T., 1999. Asomberdi Egamberdiev.