Topografiya

Topografiya (Yun. topos — joy va …grafim) — er sirti (qurukg’shk tabiiy sirti elementlari va unda joylashgan inson faoliyatiga bog’liq ob’ektlar) ni geometrik jihatdan o’rganish, ularni plan va xaritalarda tasvirlash bilan shug’ullanadigan ilmiy-texnik fan. T. yirik masshtabli topografik xaritalarni tuzish bilan bog’liq dala o’lchash va hisobchizma ishlarini; joyda s’yomka bazasi tarmog’ini qurish; oddiy asbob va usullarda bajariladigan s’yomka ishlarini, aerofototopografik usulda bajariladigan s’yomka ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish; topografik xaritalar tuzishning hamma bosqichlarida tahririy ishlarni ta’minlash; topografik xaritalar uchun shartli belgilarni ishlab chiqish va ularni mukammallashtirish kabi masalalar bilan shug’ullanadi. Er tabiiy sirtini o’rganishda T. tabiiy va iqtisodiy geografiyaga asoslanadi; Er sirtining tasvirini qog’oz (tekislik)da hosil qilish (topografik xaritani yaratish)da esa u geodeziya va xaritagrafiya ma’lumotlaridan foydalanadi. Topografik s’yomka asosida yaratilgan topografik xaritalar umumgeografik xaritalarning negizi hisoblanadi.