TO’PON

TO’PON — g’allagulli va dukkakli o’simliklar donini yanchish va tozalashda chiqqan chiqindi. To’pon maydalangan barg, urug’ qobiqlari, boshoq va don bo’laklari, begona o’t urug’laridan iborat. Somonga nisbatan to’yimli. 1 kilogramm bug’doy To’ponida 0,43 ozuqa birligi, 26 gramm protein, javdarnikida 0,40 ozuqa birligi, 21 gramm protein, sulinikida esa 0,44 ozuqa birligi, 23 gramm protein bor. To’pon shirali ozuqalar, namlangan barda kabilarga qo’shib, kombayn o’rimida chiqqan donli To’pon esa somon bn aralashtirilib chorva mollariga beriladi.