Topornin Dmitriy Sergeevich

Topornin Dmitriy Sergeevich (1885.25.8 Toshkent 1976.9.4) matematik, texnika fanlari dri (1942), prof. (1931). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1944). Petrograd artilleriya akademiyasini tugatgan (1911). Toshkent kadet korpusining (1912-14), Toshkent harbiy bilim yurtining (1914-18) mat. o’qituvchisi. Turkiston xalq untining ilmiy kotibi (1918-20). O’rta Osiyo untining (1920— 29), O’rta Osiyo Paxtachilikirrigasiya intining (1929 -31), ToshPI ning (1931-63) mat. kafedrasi mudiri. O’rta Osiyo elektromexanika intining rektor o’rinbosari (1931-33), O’rta Osiyo industrial intining umumtexnika FTI dekani (1934-36), mat. kafedrasi prof. (1963-65). Ilmiy ishlari kvadrat basis va uning qo’llanishiga oid. Ilmiy va metodik qo’llanmalar muallifi.