Toq

Toq (Arab.) — me’morlikda: 1) binoning yarim shar shaklida ishlangan eshik, darvoza tepasi va peshtog’idagi ravoq; 2) bino va inshootlarning yarim sharsimon kilib ishlangan tomi, gumbaz ostidagi rasta. O’rta asr O’rta Osiyo shaharlaridagi to’rt ravoqli (toqravokdi) gumbazli inshoot. Asosiy savdo zali, qator savdo rastalari hamda hunarmandlar ustaxonasidan iborat bo’lib, shahar markazi, chorraha va chorsularida bunyod etilgan. Qator usti yopiq bozorlar Chorsu, kappon, Tim va b. nomlarda atalgan (yana q. Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon).