Toqi Telpakfurushon
Toqi Telpakfurushon (fors telpakfurushlar toqi) — Buxorodagi me’moriy yodgorlik (16a). Bosh kiyimlar tayyorlash va sotishga mo’ljallangan gumbazli bino. Vaqf hujjatlariga ko’ra, turli tomonlardan kelib tutashgan 5 ko’chaning kesishgan joyida qurilgan (1570-71). Bino choxarso’ki Axanin, Toqi kitobfurushon, Toqi Xo’ja Muhammad Parron kabi nomlar bilan atalgan. Bosh gumbazi 6 qirrali devor ustiga o’rnatilgan, atrofi — ko’cha, ko’chalardan kirish qismlari esa kichik gumbazchalar bilan yopilgan. Gumbaz diametri 38 m, zal shifti 10 m, savdo ko’chasining saklanib qolgan maydoni 28 m, ko’cha kengligi 14 m. O’tmishda gumbaz ostida bosh kiyim va kitob sotuvchi muqovasoz ustalarning do’konlari bo’lgan.