To’ramon, Toromana
To’ramon, Toromana (?-515) — eftaliplar sardori (490-515). Mil. 5-a. o’rtalarida eftaliylar xioniylar (oq hunlar) bn ittifoq tuzganlar. O’rta Osiyoni zabt etgach, ular Kobul vodiysidagi kushonshohlar mulkini tobe etib, Hindistonga yurish boshlagan va u erdagi so’nggi yirik quldorlik davlati — Guptalar davlatini bosib olishga kirishganlar (490). 5-a. oxiri — 6-a. boshida T. bu davlatning katta qismini bosib olishga erishgan. T. Markaziy Hindistondagi Malava viloyatini egallab olgan. Shu tariqa eftaliylarning hind tarmog’i shim.G’arbiy Hindistonda yarim mustaqil davlat tuzgan, u qarorgohi Buxoro yaqinidagi Poykendtsa bo’lgan eftaliylarning oliy hukmdoriga ma’lum ma’noda qaram bo’lgan. T.ning o’g’li Mixirakula shakala sh. (hoz. Sialkot)ni o’ziga poytaxt qilgan.