To’raqulov Yolqin Xolmatovich
To’raqulov Yolqin Xolmatovich (1916.10.11, Qozog’iston Respublikasi Marki sh. — 2005.1.3, Toshkent) — biokimyogar olim. O’zbekiston FA akad. (1966). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1965). Biol. fanlari dri (1959), prof. (1962). Toshti ni tugatgach (1936), shu int biokimyo kafedrasida assistant (193638), aspirant (193841), ayni vaqtda Toshkent farmasevtika inti direktori (1939-41). Urush qatnashchisi (1941 — 44), yana shu int direktori (1944). SSSR tibbiyot FA Biologiya va tibbiyot kimyosi intida (Moskva) ilmiy xodim (1944-47). Toshti rektori (1947-50), O’zbekiston FA qishloq xo’jalik intida katta ilmiy xodim (1950-54), Andijon tibbiyot inti prorektori va kafedra mudiri (1954— 56), O’zbekiston FA yadro fizikasi intida bo’lim mudiri (1957), direktor o’rinbosari (1960-62). O’zbekiston Sog’liqni saklash vazirligi O’lka tibbiyot (hoz. Endokrinologiya) i.t. instituti direktori (195760, 196263, 1976-96), ayni vaqtda lab. mudiri (1957 97; 1998 y.dan ilmiy maslahatchi), O’zbekiston FA Prezidiumi a’zosi (1970-72), viseprezidenti (1963— 66), biologiya fanlari bo’limi raisi (1966-79). ToshDU da kafedra mudiri (1967 y.dan), O’zbekiston FA biokimyo inti direktori (1967— 69), lab. mudiri 0967-70). SamDU rektori (1970-72), O’zbekiston FA tibbiyot fanlari bo’limi raisi (1994-97). T. ning ilmiy ishlari qalqonsimon bez patologiyasining ba’zi turlarida tireoid gormonlar biokimyosiga oid. Uning tadqiqotlari zamonaviy biol., tibbiyot, biokimyo, biofizika, radiobiologiya va endokrinologiya fanlarining original yo’nalishlariga bag’ishlangan. Qalqonsimon bez kasalliklarida radioaktiv yod yordamida o’tkazilgan klinikbiokimyoviy ishlari uchun nufuzli Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan (1964). Biokimyodan darslik va o’quv qo’llanmalari, lug’atlar tuzgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985), «elyurt hurmati» (1998) va «Buyuk xizmatlari uchun» (2003) ordenlari bn mukofotlangan. As: obmen yoda i tireoidnie gormoni, T., 1959; Bioximiya i patoximiya tshitovidnoy jelezi, T., 1963; Tireoidnie gormoni (v soavtorstve), T., 1972; Yodproteini tshitovidnoy jelezi (v soavtorstve), T., 1974.