Tormoz nurlanish
Tormoz nurlanish — zaryadlangan zarralarning elektr maydonida yoyilishi jarayonida ularning kinetik energiyasini elektromagnit to’lqinlar energiyasiga aylanishi. T.n. zarralarni (elektron, proton va b.) moddalardan o’tish jarayonida, kosmik fazoda yukrri energiyali zarralarni o’zaro to’qnashuvlarida, elektr va magnit maydonlaridagi xarakatida va b. jarayonlarda hosil bo’ladi. T. n. jadalligi (intensivligi) hajm birligidagi atomlar soniga, zarra tezlanishi kvadratiga, modda yadrosi zaryadi kvadratiga to’g’ri, zarraning tinch holatdagi massasi kvadratiga teskari proportsional. Shuning uchun bu jarayon engil zarralarning katta elektr zaryadli atom yadrolari maydonida tormozlanish uchun o’rinli. Mac, elektronning T. n. i protonnikidan mln. martalab kuchli bo’ladi (proton massasi 1836 elektron massasiga teng). T. n. olishda og’ir yadroli moddalar (R, Ai, Pt, W va b.) qo’llaniladi. Rentgen trubkasidan chiqadigan rentgen nurlari, elementar zarralar emirilishida hosil bo’ladigan ukvantlar, shuningdek, zaryadlangan zarralar tezlatkichning magnit maydonida harakatlanganida ular chikargan fotonlar T.n.ga misol bo’la oladi. Zarralar tezligi yoruglik tezligiga yaqinlashganda T. n. jadalligi keskin oshadi; bu zarralarga yuqori energiyani berishni qiyinlashtiradi. T.n. Erning magnit maydonida harakatlanayotgan kosmik zarralarning energiyasini kamaytiradi. T. n. spektri uzluksiz. Past chastotali T.n. intensivligi modda yadrosi za — ryadiga va elektronlarning boshlangich energiyasiga deyarli bog’liq emas. T.n. spektral zichligi, chastotaning qiymati shqts2/k bo’lganda keskin nolga intiladi. T.n. intensivligining burchaklar bo’yicha taqsimlanishi, v q ^jr~ va 0° orasida taqsimlangan bo’ladi. Amaliyotda T. n.ning ultrabinafsha, rentgen spektrlari keng qo’llaniladi. Ad.: Sokolov A. A., Ternov I. M., Relyativistskiy elektron, M., 1974; Beresteskiy V. B., Lifshis E. M., Pitaevskiy L. P., Kvantovaya elektrodinamika, M., 1990.