TORONTO UNIVERSITETI

TORONTO UNIVERSITETI — Kanadadagi yirik oliy o’quv yurtlaridan biri. 1827 yil tashkil etilgan. Sanoat texnologiyasi, san’at va fan, o’rmon xo’jaligi, tibbiyot, stomatologiya, pedagogika, huquq, farmakologiya bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 2 millionga yaqin asar bor. 50 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.