TORREON

TORREON — Meksikaning shimol qismidagi shahar, Meksika tog’ligida. Nasas daryosi bo’yida, Koauila shtatida. Aholisi 529 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Rangli metallurgiya sanoati rivojlangan. Paxta tozalash, ip gazlama, kimyo, tsement, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi. mashinasozligi sanoati korxonalari bor. Mamlakatning asosiy dehqonchilik (paxta, bug’doy) rayonlaridan birining savdo markazi. Shaharga 1893 yilda asos solingan.