To’rt taktli dvigatel

To’rt taktli dvigatel – ish tsikli porshennnig to’rt yurishida, ya’ni tirsakli valning ikki marta aylanishida bajariladigan ichki yonuv dvigateli. Yonuvchi aralashmaning tayyorlanishiga qarab, karbyuratorptl va dizel xillarga bo’linadi. Karbyuratorli To’rt taktli dvigatelda yonuvchi aralashma tsilindr tashqarisida tayyorlanadi, dizel dvigatelida esa tsilindr ichida hosil bo’ladi. Bir tsilindrli, 4 taktli dizel dvigateli quyidagicha ishlaydi: kiritish taktida porshen G’ yuqorigi chekka nuqta (YUCHN) dan pastki chekka nuqta (PCHN) ga harakatlanadi; bunda chiqarish klapani 3 berk bo’ladi, kiritish klapani 2 esa ochilib, havo tozalagich 4 dan tsilindrga kiradi. Tsilindrga havo qancha ko’p kirsa, yonilg’i shuncha ko’p yonadi va quvvati oshadi. Siqish taktida porshen PCHN dan YUCHN ga harakatlanadi; bunda kiritish 2 va chiqarish 3 klapanlari berkilib, tsilindr ichidagi havo qisiladi, takt oxirida havoning bosimi siqish darajasining kattaligiga qarab 3-4 MPa (30-40 kg kuch g’ sm2)ga, temperaturasi 750-950° gacha yetadi. Porshen YUCHN ga kelish oldidan yonilg’i nasosi 6 yuqori bosim ostida haydagan yonilg’ini forsunka 5 mayda zarralar tarzida purkaydi. Ish yo’li taktida yonilg’ining mayda zarralari qizigan havoga duch kelib, o’zo’zidan alangalanadi. Bunda ikkala klapan ham berk bo’ladi. Yonilg’i havo aralashmasi yonib, katta miqdorda issiqlik ajraladi, gazsimon holatga aylanib kengayadi va tsilindr ichida gaz temperaturasi 2000° ga, bosimi esa 8 MPa (80 kgkuchg’sm2) ga yetadi. Natijada gaz bosimi porshenni YUCHN dan PCHN ga harakatlantiradi. Chiqarish taktida porshen PCHN dan YUCHN ga harakatlanadi; bunda kiritish klapani 2 berk, chiqarish klapani 3 ochiq bo’lib, ish bajargan gazlar chiqarish klapani orqali atmosferaga chiqib ketadi. Ish tsikli shu tartibda qaytariladi. To’rt taktli dvigatel avtomobil, traktor, samolyot, kemalarda ishlatiladi.