To`rtko`l
To`rtko`l— 1) qadimgi yaxlit yassi qirlarning yemirilishidan qolgan supasimon tepalar. Unda cho`kindi tub jinslar qatlamlari gorizontal yotadi. Amudaryo etagida ko`p uchraydi. To`rtko`llar ba’zan bir yerga to`planib, to`rtko`l tipli reylef hosil qiladi; 2) qadimgi istehkomlarning xarobasi; ma’naviy jihatdan choldevor (chordevor) so`ziga to`g`ri keladi. To`rtko`lning ko`l so`ziga hech aloqasi yo`q. Qirgizlar To`rtko`lni to`rtkul deyishadi. Xorazmda atrofi devor bilan o`ralgan joy To`rtko`l deyilgan. Hozirgi vaqtda ko`proq joy nomlari shaklida uchraydi.