TOSHDARVOZA

TOSHDARVOZA — Xivadagi me’moriy yodgorlik(18-19-a.lar). Ichan qal’aning Jan. darvozasi. Dosh darvoza, Ko’hna bozor darvozasi nomi bilan ham mashhur. Darvoza 6 bo’lmali, tarhi 19,7 x x17,0 m, bal. 10 m, o’tish yo’lida 2 gumbazli bo’lma, 2 yon tomonlarida kichik gumbazli xonalar (3,2×3,2 m) o’zaro ravoqlar orqali Burjlar bilan (Jan. yon xonalar) birlashtirilgan. Burjlarda soqchilar xonasi bor. Darvoza peshtog’idagi qanos va ikki yonidagi Burjlar tepasi tenglashtirilgan. Darvoza tabaqalari yog’ochdan. Tashqi va ichki tomonlari bezaksiz, sodda, gumbazlari buzilgan. Darvozaning o’tish yo’li kengligi 4,83 m. Burjlar tepasiga shim. peshtokdagi buramasimon zinapoya orqali chiqilgan. T. bosh tarzi mahobatli. Tarzi va ichki tomoni bezaksiz. Ad.: Mankovskaya L..Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.