Toshkent farmasevtika instituti

Toshkent farmasevtika instituti — oliy ma’lumotli farmasevtlar, sanoat farmasiyasi uchun muxandis texnologlar, farmasevtpedagoglar, dorivor o’simliklarni parvarishlash texnologiyasi agronomlarini tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. 1937 y.da tashkil etilgan. Intda dastlab 1 ft va 10 kafedra bo’lgan. Xoz. 5 yo’nalish: farmasiya, farmasevt pedagog, sanoat farmasiyasi, biotexnologiya, Agronomiya; 3 ft: farmasiya, sanoat farmasiyasi, provizorlar malakasini oshirish; 22 kafedra, Markaziy i.t. lab., kutubxona (450 ming asar), shuningdek, axborot texnologiyalari va masofadan o’qitish markazi va h.k. bor (2004). 2003/04 o’quv yilida intda 1220 talaba o’qidi, 500 dan ziyod mutaxassislar malakasini oshirdi. Intda 190 prof. o’qituvchi, jumladan, 30 fan dri va prof., 100 dan ziyod fan nomzodi va dosent faoliyat ko’rsatdi. T.f.i. dagi ilmiy tadqiqotlar, asosan, mahalliy tabiiy o’simlik va mineral xom ashyolardan dori olish, samarali texnologiyalar yaratish, zamonaviy standartlash usullarini ishlab chiqish, shuningdek, farmasiya ishini tashkil etish, doridarmonlar marketingini o’rganish muammosini aniklashga qaratilgan. Int tarkibidagi dori vositalarini standartlash ilmiy markazida dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash, farmakotoksikologik izlanish lab., shuningdek, tibbiy mahsulotlarni sertifikasiyalash organi, zamonaviy taxlil usullari bo’yicha o’quv trening markazi, «Axborotpatent va ilmiy uslubiy bo’lim» mavjud. Intda «Koamid», «Feramid», «Kobalt30», «Kupir», «Navbaxtit», «tozalangan mumiyo» va b. dorilar ixtiro qilinib, amaliyotga tatbiq etilgan. Int faoliyati M. A. Azizov, Yo. X. To’raqulov, X. X. Xolmatov, A. I. Gengrinovich, L. T. Ikromov, M. N. Maxsumov, E. R. Toshmuhamedov, S. I. Aminov, A. N. Yunusxo’jaev va b. olimlar nomi bilan bog’liq. Intda ilmiy to’plamlar, uslubiy qo’llanmalar va «Farmasevtika» jurnali chop etiladi.