Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Toshkent kimyo-texnologiya instituti — kimyo va oziqovqat sanoati sohalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. Toshkent politexnika intining kimyo texnologiya FTI asosida 1991 y.da tashkil etilgan. Intda 6 ft (fundamental fanlar, informasion texnologiyalar, test va b.), 39 kafedra mavjud, ularda kimyoviy texnologiya, neft va neftgazni qayta ishlash, yog’ochni qayta ishlash texnologiyasi, mashina va jihozlari, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, atrofmuhitni muhofaza qilish, kasbhunar ta’limi, menejment, marketing, informatika va informasion texnologiya yo’nalishlari bo’yicha 2000 dan ortiq talaba ta’lim oladi (2004). Intda markazlashgan tahlil lab., lisey, kutubxona (149 ming asar), sport majmuasi, kompyuter xonalari, Internet xizmati va b. bor. 235 o’qituvchi, shulardan 5 akad., 47 fan dri, 167 fan nomzodi va dosent ishlaydi. Intda sanoat chiqishshlaridan foydalanish, ekologik xavfsiz, import o’rnini bosuvchi va eksportga mo’ljallangan texnologiyalarni ishlab chiqish, energiyani tejovchi maxalliy mineral xom ashyo bazasi tashkil qilish va ulardan samarali foydalanish, neft va gazlardan olinadigan mahsulotlar turlarini ko’paytirish ustida i.t. ishlari olib boriladi. Int faoliyati K.S. Axmedov, M. N. Nabiev, A. S. Sultonov, H. R. Rustamov, M. A. Asqarov, M. I. Niyozov, F. M. Mirzaev, F. X. Tojiev, S. To’xtaev, B. M. Beglov, A. I. Glushenkova va b. nomi bilan bog’liq.