TOSHKENT METROPOLITENI

TOSHKENT METROPOLITENI — Toshkent shahar yulovchilar transporti korxonalari uyushmasi tarkibida. T.m. kurilishi 1973 y.da boshlangan, birinchi liniyasining 9 styadan iborat, uz. 12,2 km birinchi navbati («Sobir Rahimov», «Chilonzor», «Mirzo Ulug’bek», «Hamza», «Yoshlik», «xalklar do’stligi», «Paxtakor», «Mustakillik maydoni», «Markaziy xiyobon» bekatlari) 1977 y. 6 noyab. da, ikkinchi navbati («Hamid Olimjon», «Pushkin», «Buyuk ipak yo’li» bekatlari, uz, 4,6 km) 1980 y. 18 avg.da foydalanishga topshirildi, bekatlar soni 12 taga etdi. T. m.ning umumiy uz. 8 km bo’lgan ikkinchi liniyasining birinchi navbati («Alisher Navoiy», «Uzbekistan», «Kosmonavtlar», «Oybek», «Toshkent» bekatlari) 1984 y. noyab.da, ikkinchi navbati («Mashinasozlar», «Chkalov» bekatlari) 1987 y. noyab.da ishga tushdi. Shu liniyaning uchinchi navbati 1989 y. noyab.da («G’afur G’ulom», «Chorsu» bekatlari, uz. 2,2 km), to’rtinchi navbati («tinchlik» va «Beruniy» bekatlari, uz. 3,2 km) 1991 y. 30 apr.da ishga tushdi. Bu liniyaning umumiy uz. qariyb 15 km ga etdi. T. m.ning shahar markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bog’laydigan (umumiy uz. 14 km) uchinchi liniyasining birinchi navbati («Mingo’rik», «Yunus Rajabiy», «Abdulla Qodiriy», «Minor», «Bodomzor», «Habib Abdullaev» bekatlari) 2001 y. 26 oktyabrda ishga tushdi. T. m.da qatnaydigan poezdlarning o’rtacha tezligi 39 km/soat, maksimal tezligi 65 km/soat. T.m.da sugkasiga o’rtacha 270-300 ming yo’lovchi tashiladi. Yo’lovchilarga qulaylik yaratish uchun ba’zi bekatlarda eskalatorlar o’rnatilgan. Metrodagi «Chilonzor», «Hamza» bekatlari gumbazsimon, «Mustaqillik maydoni» yig’mamonolit konstruktsiyali kolonna tipida, boshqa bekatlar esa kolonna tipida qurilgan. Har bir bekatning badiiy me’morlik hamda haykaltaroshlik nuktai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks etdiradi. Ularda madaniy, monumental dekorativ va amaliy san’atning milliy an’analari o’z aksini topgan. Bekatlarga bezak berishda, asosan, O’zRda chiqadigan qora, qizil, kulrang granitlar, turli xil marmar, keramika, stomalit, yog’och, oyna, turli xil metall va b. foydalanilgan. T. m. 9 balli zilzilaga bardosh beradi. T.m.ning umumiy uz. 38,25 km, bekatlar soni 29 ta (2004). Metro qurilishi va navbatdagi yo’l hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.