Toshkent noki
Toshkent noki — xalq selektsiyasida chikarilgan kechpishar nok navi. Toshkent sh. va shahar atrofida ko’p ekiladi. Daraxti baquvvat, bal. 15 m ga boradi. Shoxshabba kengligi 8-9 m, serbarg. Novdalari kuchli o’sadi, to’q jigarrang. Barglari yirik, tuxumsimon, cho’ziq, to’q yashil, yaltiroq, apr.ning birinchi yarmida gullaydi. Mevasi o’rtacha, voronkasimon, vazni 200-250 g (ayrimlari 300-400 g ga boradi). Eti oqishsariq, sersuv, xushbo’y, sal nordonroq. Tarkibida 10,4% qand, 16,6% quruq modda, 0,33% kislota bor. Urug’i yirik. Ko’chati ekilgandan so’ng 4-5 yili hosilga kira — Di. Kuchli o’sadigan payvandtagda yaxshi rivojlanib, mo’l hosil beradi. Okt. oyining birinchi dekadasida teriladi. Hosildorligi yuqori, lekin solkash. Har tupidan 500-600 kg gacha hosil beradi. Qurg’oqchilikka chidamli. Mevasi yanv. gacha yaxshi sakdanadi (yana q. Nok).