TOSHKENT OLIY UMUMQO’SHIN QO’MONDONLIK BILIM YURTI

TOSHKENT OLIY UMUMQO’SHIN QO’MONDONLIK BILIM YURTI — oliy maxsus harbiy ma’lumotli ofitserlar tayyorlaydigan o’quv yurti. 1918 y. 12 iyulda Turkiston sovet komandirlari kursi sifatida tashkil etilgan. 1919 y. Turkiston harbiy instruktorlar maktabi deb o’zgartirilgan. 1922 y.dan Turkiston komandirlar tarkibini tayyorlaydigan Birlashgan maktab, 1943 y.dan Toshkent piyoda askarlar bilim yurti nomi bilan yuritilgan. 1958 y.dan Umumqo’shin komandirlari oliy bilim yurti nomi bilan atalgan. 1991 y.dan hoz. nomda. 1992-2003 y.lar mobaynida 2,5 mingdan ortiq ofitser tayyorlangan. Bilim yurtida O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar bo’yicha tayyorlanadi: motoo’qchilar bo’linmasi komandirlari; motoo’qchi qo’shinlari komandirlarining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari; qo’shin razvedkasi taktik komandirlari. Bilim yurtida tinglovchilarning ta’lim jarayoni amaliy va nazariy tayyorgarliklardan tashkil topib, ular bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.