TOSHKENT OPERETTA TEATRI

TOSHKENT OPERETTA TEATRI, Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri — O’zbekistonda yagona operetta teatri. Dastlab Samarkandda ochilgan (1938); 1940 y. Toshkentga ko’chib, 1948 y.gacha faoliyat ko’rsatgan. 1973 yil qayta tashkil etilib, A. Ginzburg sahnalashtirgan «quvnoq urush» (I. Shtraus) spektakli bilan ochilgan. Dastlab teatrda N. Pasikova bosh baletmeyster, V. Spektr bosh dirijyor bo’lib ishlagan. T.o.t. repertuaridan dastlab «Chanita bo’sasi», «Tbilisi osmoni ostida», «Monmartr binafshasi», «Silva», «Tsirk malikasi», «go’zallik tanlovi», «Donna Lyusiya» kabi zamonaviy va mumtoz operettalar o’rin olgan. 80-y.lar teatrning ijodiy yuksalish davri bo’ldi. Teatrni Rossiyada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi K. Vasilev (bosh rejissyor), B. Rasulov (bosh dirijyor)lar boshqargan, artistlar L. Bessarabova, Yu. Letov, I. Shalomaev va b. faoliyat ko’rsatgan. Ular mumtoz («Marisa», «Mister iks», «lo’li Premer», «Bayadera», «Ko’rshapalak», «lo’li baron», «Vals qiroli», «quvnoq beva», «Fraskita» va b.) hamda zamonaviy («Malinovkada to’y», «ayollar isyoni», «Shirin meva», «Sevastopol valsi», «Gusar uylanishi» va b.) operettalar bilan teatr repertuarini boyitishgan. 1981 y.da teatrda birinchi o’zbek operettasi («quvnoq gunohkor», K. Vasilev, E. Solihov) sahnalashtiriddi. 1990-y.larda T.o.t. jamoasiga yosh iste’dodli aktyor va rej.lar qo’shildi (rej.lar M. Xachaturov, A.Kudryavtsev, artistlar I. Buxaidze, N. Lapkova, K. Mitrofanov, B. Miskin, K. Izmaylov, S. Ortiqov va b.). O’zbek kompozitorlarining teatr bilan ijodiy hamkorligi kuchaydi (A. Ergashevning «Nakalok,», E. Solihovning «tentak qiz» myuzikli, E. Qalandarovning «Temir xotin», A. Ikromovning «bevalar ovunchog’i» va b.). Bu davrda «mening sohibjamol Malikam» (F. Lou asari, rej. A. Kaziner), «gollandiyalik qiz» (I. Kalman, K. Vasilev), «Figaroning uylanishi» (Bomarshe asari asosida, V. Mosart va J. Rossini musikasi, rej. V. Volodchenko) kabi spektakllar sahnalashtirildi. «Go’zal Elena», B. Zokirov xotirasiga bag’ishlangan «Arabcha Tango» (rej. M. Xachaturov), «Xonuma», «Kunlardan bir kun NyuYorkda» (I. Berlin) singari spektakllar so’nggi yillar mahsulidir. Hozirda teatrning bosh dirijyori — B. Rasulov, bosh baletmeyster — O’zbekistonda xizmat kursat-gan artist F. Isaeva, bosh rassom — A. Batikov. O’zbekistonda xizmat kursatgan artistlar D. Minyaeva, 3. Solovey, F. Maksudov va b. teatrning etakchi aktyorlaridir. Teatr jamoasi Rossiya, Ukraina, Boltiqbo’yi, O’rta Osiyo mamlakatlarida gastrolda bulgan.