Toshkent otchopari
Toshkent otchopari – ot sporti buyicha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, turli marosimlar o’tkaziladigan, uloq chopiladigan, otlar bilan mashqlar olib boriladigan sport inshooti. Toshkentda rasmiy ot sporti musobakalari dastlab 20-a. boshlarida o’tkazilgan. Shaharda 1976 y.gacha Otchopar (Ippodrom) Qo’yliq mavzei yaqinida bo’lgan. 1976 y. respublikada eng yirik Otchopar — T.o. qurildi (Akmal Ikromov tumani hududida, mayd. 70 ga, me’morlar: R. U. Asanov, E. I. Gusarova). T. o.da chavandozlik, ot poygasi, ot choptirish, yo’rttirish, otlarni sinash va sovitish, mashq qildirish maydonlari, . to’siqli yo’lkalar, veterinariya lazareti, karantin xonalari, hovuz va b. bor. T. o.da musobaqalar, poygalar o’tkazib turiladi, ot sportiga doyr mashqlar bajariladi va b. marosimlar uyushtiriladi. 2004 y. 30 sent. -1 okt. kunlari T. o.da Ot sporta jahon kubogining saralash bosqichi o’tkazildi.