Toshkent pedagogika universiteti

Toshkent pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti — malakali pedagog va muhandispedagog kadrlar tayyorlovchi oliy o’quv yurti. 1935 y. 14 sent.da O’rta Osiyo davlat untining ped. fakulteta negizida pedagogika inti sifatida tashkil etilgan. 1953-98 y.larda Toshkent pedagogika inti deb nomlangan. 1998 y. 24 Fev.da O’zR Vazirlar Mahkamasining qarori bilan unga unt maqomi berilgan. 1947 y.dan Ozarbayjon shoiri va ma’rifatparvari Nizomiy nomi bilan ataladi. Untda 12 ft (mat.fizika, tabiiy fanlar, musiqiy ta’lim, badiiygrafika, ped. va psixologiya, boshlang’ich ta’lim va Defektologiya, o’zbek tili va adabiyoti, tarix, chet tillar, rus va koreys Filol. si, chaqiriqqacha harbiy ta’lim, kasb ta’limi), shuningdek, magistrlar tayyorlash bo’yicha 2 ft (ijtimoiygumanitar fanlar mutaxassisliklari, tabiiy fanlar mutaxassisliklari), malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayyorlash bo’yicha 2 ft (malaka oshirish, amaliy psixologlarni qayta tayyorlash), 55 kafedra, axborot texnologiyalari va masofadan o’qitish, innovasion texnologiyalar, akademik liseylar va kasbhunar kollejlari bilan aloka markazlari, ta’lim jarayonini ta’minlash va oliy ta’lim muassasalariga ilmiymetodik yordam ko’rsatish o’quv bo’limi, pedagogik amaliyot, oliy o’quv yurtlararo o’quvmetodik bo’lim, monitoring va ichki nazorat kabi 18 bo’lim bor. Kutubxonasida 900 mingga yaqin asar saqlanadi. Unt mat. va informatika, fizika va astronomiya, kimyo va ekologiya, biol. va inson hayot faoliyati muhofazasi, geogr. va iqtisodiy bilim asoslari, tasviriy san’at va muxandislik grafikasi, ped. va psixologiya, kasb ta’limi, musiqiy ta’lim, o’zbek tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti (rus, qozoq, koreys), chaqiriqqacha harbiy ta’lim, xorijiy tillar va adabiyot, milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari, boshlang’ich ta’lim va sporttarbi — yaviy ish, maktabgacha ta’lim va bolalar sporti, Defektologiya, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar hamda shu yo’nalishlarga kirgan 37 mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlaydi. Untda aspirantura va doktorantura hamda nomzodlik va drlik dissertasiyasi himoyasi bo’yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyat ko’rsatadi. 2003/04 o’quv yili untda 13269 talaba ta’lim oldi, 779 o’qituvchi, jumladan, O’zR Fanlar akademiyasining 3 haqiqiy a’zosi, 40 fan dri va prof., 450 fan nomzodi va dosent ishladi. Unt respublikada pedagog kadrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun tayanch oliy maktab hisoblanadi. Unt faoliyati III Tut. Abdullaev, M. Asqarova, M. G. Davletshin, N.M. Mallaev, R. X. Mallin, 3. R. Nuriddinov, S. Rajabov, H. Sulaymonov, H.T. Tursunov, M. Shayxzoda, E. Yu. Yusupov, Ya. G’ulomov, H. Homidiy va b. prof.o’qituvchilar nomi bilan bog’liq. Untda «pedagogik ta’lim» (1999 y.dan), «Axborot texnologiyalari» (2002 y.dan) jurnalilari, «ma’rifat yo’lida», «pedagog» ko’p tirajli gaz. lar nashr etiladi. 2004 y.gacha unt 74 mingga yaqin mutaxassis tayyorlagan. 2004 y. 23 martda unt oldidagi maydonda Nizomiy Ganjaviy haykali (me’mori Valeriy Akopjanyan, haykaltaroshi Ilhom Jabborov) o’rnatildi. Mazkur haykalning tantanali ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti I. Aliev ishtirok etdi.