Toshkent pravoslav seminariyasi

Toshkent pravoslav seminariyasi — oliy diniy o’quv yurti. Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasi ta’sis etgan. 1990 y.da pravoslav bilim yurti sifatida tashkil etilgan. Rus cherkovi Muqaddas Sinodining 1998 y. 9 apr.dagi karori bilan bilim yurti seminariyaga aylantirilgan. Uzbekistan, Qirg’iziston, Qozog’iston va Turkmaniston davlatlaridagi pravoslaviega e’tiqod qiladigan fuqarolar diniy ehtiyojlarini qondiradi. Rus pravoslav cherkovi qoidalariga muvofiq, eparxiya boshkaruvchisi mitropolit seminariya rektori hisoblanadi. O’qish kunduzgi va sirtqi bo’limlarda olib boriladi. 2003/04 o’quv yilida jami 95 nafar talaba ta’lim oldi. Seminariyada diniy bilimlar bilan dunyoviy fanlar, shu jumladan, o’zbek va ingliz tillari, O’zbekiston tarixi, geografiya va b. fanlar o’qitiladi.