Toshkent qo’zg’oloni, vabo isyoni

Toshkent qo’zg’oloni, vabo isyoni (1892.24.6) — podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon. 1892 y. may oyida Jizzaxda vabo kasali tarqalgan. Iyun oyida Toshkentda ham vabo tarqalgani ma’lum bo’lgan. Yangi shaharda 417, eski shaharda 1462 bemor aniqlangan. Podsho hukumati ma’murlari uning fojeali oqibatlarining oldini olish uchun shoshilinch choralar ko’ra boshladi: 7 iyunda shahar ma’muriyati 12 eski qabristonni yopib, yangi 4 qabriston ochilishini, shahardan chiqish cheklanganini e’lon qilgan. Lekin mustamlaka ma’muriyati bu to’g’rida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib bormagan, musulmonchilik odatlari, marosim qonunqoidalarini hisobga olmagan. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston o’rniga faqat bittasi ochilgan. Vabodan o’lganlarni vrachning ruxsatisiz ko’mmaslik buyurildi hamda ularni shahar ichidagi mozorlarga dafn etish taqiqlandi. Kasal bo’lib vafot etganlar qaysi kiyimda bo’lsa, o’sha kiyimi bilan chuqur qazilgan qabrga qo’yilib, ustidan ohak sepib belgilab qo’yildi. Buning ustiga o’lganlarga janoza o’qish, yaqin qarindoshlarning mozorga borishi ham takiklandi. Marhumlarni urfodatga ko’ra, ko’mish g’oyat mushkul yumushga aylandi. Odamlar o’likni eski qabristonlarga olib borib ko’mishga majbur bo’ldilar. Polisiya bundaylarni topib hibsga ola boshlagan. Bu sabr kosasi to’lib turgan xalqni qo’zg’olon ko’tarishiga turtki bo’ldi. Xaloyiq (mingga yaqin kishi) eshonlardan Azizyor, Abulqosimxo’ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va b. tanikdi kishilar boshchiligida 24 iyunda tayoq, ketmon, tosh va h.k. bilan qurollanib shahar boshlig’i Mahkamasiga bostirib bordi. Bu erda Toshkent hokimi S. R. Putintsev va oqsoqol Muhammad Yoqubga qarshi hujum qildilar. Oqsoqol xalqqa dag’dag’a qila boshlagach, uning boshiga toshlar yog’ilgan. Mashhur «toshotar voqeasi» boshlangan. Oqsoqol hokimning idorasiga yashiringan. Xalq Putintsevdan oqsoqolni tutib berishni talab qilgan. Putintsev to’pponchasini chiqarib dag’dag’a qilishga o’tgan. Sabr kosasi to’lgan xalq Putintsev va uning mirshablarini do’pposlagan, mahkamani ostinustun qilgan. Shu onda Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori Grodekov boshchiligidagi askarlar kelishi tufayli qo’zg’olonchilar chekinishga majbur bo’ldilar. Rus askarlar qo’zg’olonchilarning orqasidan Quva boshlagach, noiloj qolgan olomon Anhor suviga o’zini tashladi. Ertasiga Anhordan 80 kishining o’ligi topildi. Qo’zg’olonchilarning qolgan qismi Eski shaharga qochib bordi. Jome masjidi oldida tuplangan olomon bu erga ketma-ket etib kelgan Grodekov boshchiligidagi askarlarni toshbo’ron qildi. Bunga javoban o’q uzildi va 10 kishi halok bo’ldi, ko’pchiligi yaralandi. Shu ravihda qo’zg’olon bostiriddi. Qo’zg’olonchilarning bir qismi oqsoqol Muhammad Yoqubning shahar hovlisini va bogini yoqib yubordi. Rus ma’muriyati qo’zg’olon qatnashchilaridan 60 kishini sudga berib, 3 kishini o’limga va 20 kishini turli muddatlar bilan qamoq jazosiga hukm qildi. Qo’zgolon vabo tarqalishi va unga qarshi xukumat choralari amalga oshirilayotgan paytda yuzaga kelganligi uchun tarixiy manbalarda «vabo isyoni» nomida yuritilgan. Aslida esa u podsho hukumatining mustamlakachilik va milliy zulmiga qarshi qaratilgan xalq harakati edi. Toshkentdagi bu qo’zg’olon tarixda o’zbek xalqining o’z mustaqilligi va erkinligi uchun olib borgan yirik qo’zg’olonlaridan biri bo’lib qolgan. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi. 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Karimov Sh., Shamsutdinov R., Turkiston Rusiya bosqini davrida, Andijon, 1995. Xurshida Yunusova.