«Toshkent» respublika fond birjasi

«Toshkent» respublika fond birjasi — qimmatli qog’ozlar savdosini amalga oshiradigan birja. «T.»r.f.b. 1994 y. 8 apr.da tashkil etilgan. Uning faoliyati respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtarilgan davlat korxonalari negizida ochiq aktsiyadorlik jamiyatlarini tashkil kilish siyosati bilan uzviy bog’liq. O’zbekiston iqtisodiyotida pul tushumlari qayta taqsimlanishining yangi tizimi hisoblanadi. Birjaning barcha viloyatlarda filiallari va 84 ta brokerlik idorasi bor (2004). 1994 y.da qimmatli qog’ozlar birja savdolari yillik aylanmasi 30 mln. so’mni, 1996 y.da 2,8 mlrd. so’mni tashkil etdi, jahon standartlariga Moe birja standarti qabul qilindi. 1998 y.da savdolar hajmi 3,5 mlrd. so’mga etdi, listing tartibi qabul qilindi, «Buxoroteks» aktsiyadorlik jamiyati O’zbekistonning birinchi listing korxonasi sifatida qayd etildi, shuningdek, «Buxoroteks», «Paxtabank», «O’zsanoatqurilishbank», «O’zbekiston metallurgiya Kombi nati» va «G’allabank» aktsiyadorlik jamiyatlari rasmiy birja ro’yxatiga kiritildi. 1999 y.da chet el investorlariga erkin muomaladagi valyutaga aktsiyalar sotish savdo maydonchasi ish boshladi. 2003 y.da qimmatli qog’ozlar bilan operasiyalarni amalga oshirish bo’yicha yillik aylanma hajmi 35,7 mlrd. so’mni tashkil qildi, erkin muomaladagi valyutaga 8,3 mln. AQSh dollari mikdorida aktsiyalar savdosi amalga oshirildi. 2003 y.da uning savdo maydonlarida 1617 ta aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalari bilan 6933 ta bitim va 10 ta emitentning korporativ obligasiyalari bo’yicha bitimlar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy hajmi 32,1 mlrd. so’mlik 30,9 mln. dona aktsiyalari sotildi. Birja 1995 y.da «Evrosiyo» fond birjalari federasiyasi (FEAS)ra a’zo bo’ldi, 1999 y.dan Istanbul fond birjasiga, 2001 y.dan MDH birjalari assosiasiyasiga a’zo, Frankfurt fond birjasi bilan hamkorlik va axborot almashish haqida bitimlar imzolangan. Eng nufuzli xalqaro birjalar (London, NyuYork) listingidan joy olish bo’yicha aloqalar yo’lga qo’yilgan. Baxtiyo’r Rajabov.