Toshkent televizion minorasi
Toshkent televizion minorasi — Toshkentdagi radiotelevizion uzatish styasi, me’moriy inshoot. Toshkentdagi 1televizion minora metall fermalardan (bal. 180 m) qurilgan (1956; Navoiy ko’chasi, 69). Teleko’rsatuvlar ko’lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radiotelevizion uzatish styasi qurishga ehtiyoj tug’ilgach, Bo’zsuv kanalining o’ng sohilida 375 m bal.da 2 T. t.m. (Amir Temur ko’chasi, 99) qurildi (1978 — 85; me’morlari: yu. Semashko, N. Terzievsarukov, muhandislar E. Morozov, M. Musheev). O’zagi 3 konussimon qurilma tirgakka o’rnatilgan. O’z o’qida erkin turuvchi inshoot 9 balli zilzilaga bardosh beradi. T.t.m.da «Koinot» restoranining «qizil» va «zangori» zallari (180 o’rinli) va tomosha (kuzatuv) maydonchalari bor (bal. 100 m). 220 m balandlikda esa radiotelevizion styasi qurilgan. Ular doirasimon shaklda bo’lib tashqi va ichki tomoniga panjara, ganch o’ymakorligi va b. me’moriy an’analar asosida ishlangan. Minoraning o’rtasida lift, zina, yordamchi xonalar, meteorologik stya va muhandislik jihozlari joylashgan. Eng yuqori qismida 5 dasturli ko’rsatuvlarga mo’ljallangan antenna o’rnatilgan.