Toshkent temir yo’l Muhandislari instituti
Toshkent temir yo’l Muhandislari instituti — t. y. transporti va unga tegishli asosiy xizmatlar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. O’rta Osiyo t.y. transporti muhandislari inti sifatida 1931 y.da tashkil etilgan, 1937 y.dan hoz. nom bilan ataladi. Int tarkibida 5 ft: tashish ishlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi, iqtisodiyot, elektromexanika, t. y. qurilishi va sirtqi FTlar, magistratura markazi bor. Int qoshida internat lisey faoliyat ko’rsatadi. Intda 17 yo’nalish bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Int qoshidagi aspiranturada 5 ta mutaxassislik bo’yicha ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Kafedralarning i.t. ishlarida, loyihakonstruktorlik byurolari, transport va qurilish korxonalari ishlarida talabalar faol qatnashadi. Intda 27 kafedra, 60 lab., tayyorlov bo’limi, kutubxona (600 mingdan ziyod asar) bor. 2002/03 o’quv yili intda 2800 dan ortiq talaba o’qidi. Int tashkil qilinganidan beri 50 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis etkazib berildi. Int qoshida talabalar uylari, madaniyat saroyi, poliklinika va profilaktoriy, sport inshootlari, bolalar bog’chasi bor. Int RF, Polsha, Litva, Ukraina kabi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Int faoliyati A. Glushchenko, A. Lavrik, E. A. Odilxo’jaev, A. Gofman va b. olimlar nomi bilan bog’liq.