Toshkent tibbiyot pediatriya instituti

Toshkent tibbiyot pediatriya instituti — pediatr vrachlar va bolalar xirurglari tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. 1972 y. Toshkent tibbiyot inti hamda Andijon tibbiyot inti pediatriya ftlari negizida tashkil topgan. 1988 y.gacha O’rta Osiyo tibbiyot pediatriya inti deb «# atalgan. 1989 y.dan «‘ hoz. nomda. T.t.p.i. * tarkibiga Nukus sh.dagi filial ham kiradi. Intda 3 ft (pediatriya, tibbiy pedagogika, oliy ma’lumotli hamshira), 46 kafedra, 300 o’rinli klinika, aspirantura, magistratura, klinik ordinatura, Markaziy i.t. lab., 5 o’quv muzeyi, kutubxona (360 ming asar), 5 o’quv zali, akad. lisey bor (2004). 2003/04 o’quv yilida 2930 talaba va 155 magistr o’qidi. Intda 428 o’qituvchi, jumladan, 50 dan ortik, fan dri va prof., 220 fan nomzodi va dosentlar faoliyat ko’rsatdi (2004). Intda drlik va nomzodlik dissertasiyalari himoya qilish bo’yicha ixtisoslashtirilgan kengash tashkil etilgan (1977 y.dan). Int bilan Seul sh.dagi ense unti o’rtasida uzok, muddatli hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo’lib, muntazam ravishda o’qituvchilar va talabalar tajriba almashinib turadi. Int ilmiy to’plam va uslubiy qo’llanmalar nashr etadi.