Toshkent tongi
Toshkent tongi – erta o’rtapishar pomidor navi, O’zbekiston sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida Das va Temnokrasniy navlarini chatishtirish yo’li bilan yaratilgan (E. E. Ermolova, 1996). Toshkent tongining yetilish muddati — urug’i unib chiqqandan to birinchi terimgacha 112— 115 kun. Tupi past bo’yli -50 santimetr, barglanishi o’rtacha, bargining yuzasi bir oz burmali, orka tomoni tukli. Mevasi yumaloq, yuzasi silliq, qizil, vazni 115-125 gramm, eti shirin, suvli. Tarkibida 5,3% quruq modda, 3,0% qand, S 27 mg %. S. vitamini bor. Hosildorligi 450-500 ts/ga. 2000 yildan Samarkand va Surxondaryo viloyatlarida yetishtirish uchun rayonlashtirilgan.