«Toshkent traktor zavodi» davlat aktsiyadorlik jamiyati

«Toshkent traktor zavodi» davlat aktsiyadorlik jamiyati — yirik sanoat korxonasi. «O’zqishloqxo’jalikmashxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Universal chopiq traktorlari, paxtachilik traktorlari, paxta tashish tirkamalari ishlab chiqaradi. O’qdori ishlab chiqaradigan zd sifatida 1942 y.da tashkil qilingan. 1945 y.da oziq-ovqat mashinasozligi zdi («Tashprodmash») ga aylantirilib, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar va maishiy xo’jalik mollari ishlab chiqarilgan. 1950 y.dan paxtachilik mashinasozligi zdi deb atalib, unda paxtaga dastlabki ishlov berish uchun mashinalar, quritishtozalash tsexlari uchun uskunalar tayyorlangan. 1957 y. dan paxta tashiydigan transport vositalari va GAZ51 avtomashinasi ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan «Tashavtomash» zdiga aylantirilgan. 1967y. da rekonstruktsiya kilingan; 1969 y. dan traktor zdi. 1970 y.dan Rossiyadagi Vladimir traktor zdida ishlab chiqarilgan tayyor agregat va uzellardan paxtachilik uchun moslashtirilgan (paxta modifikasiyasidagi) T28X4 traktorlari yig’ilgan, 1972 y. dan zdning o’zida tayyorlangan uzellardan traktorlar ishlab chiqarila boshladi. 1976 y. da paxta modifikasiyasidagi ancha quvvatli va tejamkor MTZ80X traktorini ishlab chiqarish. o’zlashtirildi. 1995 y.dan hozirgi nomda. 1997 y. dan AQSh ning «Keys» firmasi bilan hamkorlikda traktor ishlab chiqaradigan «O’zbekkeystraktor» qo’shma korxonasi tashkil etildi. Mustaqillik yillarida zdda kem g ko’lamli savdo ishlari yo’lga qo’yildi. 2001 y.da Rossiya (Noginsk, Zlatoust, Qozon va b.), 2002 y.da Turkiya, Krzog’istonda savdo uylari ochildi. 2001 y.dan XXR bilan hamkorlikda 30 ot kuchiga ega bo’lgan 2 modeldagi kichik traktorlar ishlab chiqarila boshlandi, uning ko’pgina detal va uzellari mahalliylashtirilgan. Korxona TTZ80 va TTZ100 rusumli uch gildirakli paxtachilik va to’rt g’ildirakli universal chopiq traktorlari ishlab chiqaradi (2004).