TOSHMA

TOSHMA — teri va shilliq qavatlarga turli rangdagi dog’, tuguncha, pufakcha va boshqalar toshishi. Teriga tashqi ta’sirotlar (masalan, sovuq, issiq, kislota, ishqor) ta’sir etganda, ba’zi yuqumli kasalliklar (skarlatina, qizamiq, qizilcha, TIF, zaxm va boshqalar) da intoksikatsiya, moddalar almashinuvi buzilganda, me’daichak yo’li, jigar, nerv sistemasi, ichki sekresiya bezlari kasalliklarida, turli dorilar (antibiotiklar)ni qabul qilganda Toshma toshadi.