Toshmuhamedov Bekjon Oybekovich
Toshmuhamedov Bekjon Oybekovich (1935.27.1, Toshkent)— biologbiofizik olim. O’zbekiston FA akad. (1987). Biol. fanlari dri (1971), prof. (1973). Atoqli yozuvchi Oybekning o’g’li. Moskva untining biol. tuproqshunoslik ftini tugatgan (1958), shu untda aspirant (1958— 61), ToshDUning biol:tuproqshunoslik ftida kichik ilmiy xodim (1962), biokimyo va biofizika kafedrasi dosenti (1963-65), O’zbekiston FA yadro fizikasi (1965— 67) va biokimyo inti (1967-85) biofizika lab. mudiri. 1979-86 y.da ToshDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri. O’zbekiston FA fiziologiya intida direktor (1985— 92), bo’lim boshlig’i (1998 y.dan). O’zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi raisi (1992-95). O’zbekiston FA Prezidiumi a’zosi (1995-97). Asosiy ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil bo’lishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, gormonlar, pestisidlar, feromonlar, defoliantlar va b. biologik faol moddalarning membranaga ta’sir qilish mexanizmini o’rganishga oid. YUNESKO qoshidagi «inson va biosfera» milliy komiteti raisi (1998 y.dan). «O’zbekiston biologiya jurnali» bosh muharriri (1996 y.dan). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). As: Aktivniy transport Ionov cherez Biologicheskie membrani, T., 1973; Sintez, membranoaktivnie svoystva i Biologicheskie effekto’kraunefirov, T., 1987; Neyrotoksini v issledovaniyax biologicheskix membran, M., 1991. Ad.: B.A. Tashmuxamedov (biobibliografiya)., T., 1995.