Toshqal’a
Toshqal’a — ko’hna Urganchning qad. qismida joylashgan o’rta asr shahar qal’asi xarobasi. S. P. Tolstoe tomonidan 1952 y.da o’rganilgan. Qazishmalar natijasida shaharning ba’zi joylarida saqlanib qolgan T. devorlari (bal. 5,5 m) aniklangan. T. hududida qulagan qad. minora (Pa.)ning poydevori va uning yonidagi o’rta asr masjidining pishiq g’ishtdan ishlangan sahni xamda ustunlarining piramida shaklidagi ostki qismi; karvonsaroy (14-a.), shuningdek, mahallaning bir nechta ko’chasi va hunarmandlarning g’ishtdan qurilgan uy qoldiqlari ochilgan. Ba’zi uylarda Xitoy usulida isitish tizimi borligi aniklangan. Minora atrofidan qirg’inlardan guvohlik beruvchi qurolyarog’parchalari va odam suyaklari, xonalardan Xitoydan keltirilgan chinni idish parchalari va mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlangan chinni buyumlar topilgan. T. uz. 1 km, eni undan kamroq bo’lgan noto’g’ri ko’pburchak shaklidagi shahar sifatida baland qal’a devorlari bilan o’ralgan. Qal’a oldidagi chuqur xandaqlar unga to’satdan bosib kirish yo’lini to’sib turgan. T. Chingizxon yurishidan keyin qayta tiklangan va 17-a.da Abulg’oziyxon Ko’hna Urganch aholisini yangi Urganchga ko’chirguncha gavjum shahar bo’lgan. I.t.lardan ma’lum bo’lishicha, T.ning tashqi davlatlar, asosan, Xitoy bilan savdo aloqasi keng yo’lga qo’yilgan. T. Xorazm poytaxtining o’rta asrlarga oid tarixini yoritishda muhim ahamiyatga ega. Ad.: Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Tolstoe S. P ., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962;Xalimov N., Pamyatniki Urgencha, Ashxabad, 1991.