TOSHQO’RG’ON

TOSHQO’RG’ON, Xulm Afg’onistonning shimol qismidagi shahar. Samangon viloyatida. Aholisi 35 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Xulm daryosi vohasidagi savdo-transport markazi. Shahar atrofida meva, uzum, paxta va boshqa qishloq xo’jaligi. mahsulotlari etishtiriladi. Un tortish, paxta tozalash korxonalari bor. Hunarmandchilikda gazlama va gilam to’qiladi, charm, mis va temirdan uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlanadi.