Toshtaroshlik, sangtaroshlik

Toshtaroshlik, sangtaroshlik — hunarmandlik turi; toshni kesish, yo’nish bilan uni ma’lum shaklga keltirish kasbi. Inson juda qadim zamonlardan beri o’z ehtiyojlari uchun turlituman tabiiy toshlardan foydalanadi. Tabiiy toshlar keng tarqalgan o’lkalarda tosh asosiy qurilish materialidir; uning turli navlari uyro’zg’or buyumlari, qurol va asboblar, bezak ashyolari tayyorlashda keng qo’llanilgan. Qimmatbaho toshlar jahondagi deyarli hamma xalk,larda bezak buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston tabiati turlituman toshlarga boy, shuningdek, toshga nisbatan foydalanishga bir muncha qulay va oson bo’lgan yog’och, ganchga ham boy. Geografik sharoit takrzosi bilan qurilish materiali sifatida me’morlikda toshdan kam foydalanilgan, jonli mavjudotlarning shakllarini ishlash — haykaltaroshlik ham rivojlanmagan. Kimmatbaho toshlardan badiiy va bezak buyumlari tayyorlash, Nodir toshlardan zargarlikda foydalanish juda qadimdan rivojlangan. Neolit davriga mansub Lavlakon — 59 makoni (Qizilqum)da zargarlik ustaxonasining qoldiklaridan Feruza taqinchoklar tayyorlashda foydalanilgan chaqmoqtosh, kvarsit egovlar topilgan (mil. AV. 3ming yillik). Neolit va jez davrlarida tosh badiiy ishlanganligini Zamonbobo madaniyati va Chustdan topilgan arxeologik topilmalardan ham ko’rish mumkin; Farg’ona viloyatidagi So’x qishlog’idan topilgan qora toshdan ishlangan tumor diqqatga sazovor. 1-3-a.larda O’zbekistonning Jan. da binolarning poydevori, ustunlarida, bino qismlarini bezashda marmar va xarsang toshlardan, binolarni bezash uchun relef va haykallar tayyorlashda (buddizm tarqalishi munosabati bilan) ohaktoshdan foydalanilgan. Ayritom, Fayoztepa, Qoratepa va b. binolarning qoldiklari binolarni bezashda toshdan foydalanilganini ko’rsatadi. T. O’rta Osiyoda 15-a.da yanada rivojlandi va takomillashdi, madrasa, maqbara va b. yirik binolar qurilishida toshdan keng foydalanildi: Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Ahmad Yassaviy majmui kabilar jozibali bezatilgan. 19-a.da — 20-a. boshlarida Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qo’qon va b. shaharlarda yirik binolar, hovuzlar (Labi hovuz ansambli, Sitorai Mohi Xosa va b.), tegirmonlarda xarsang tosh va marmardan ko’p foydalanilgan, Nurota, G’ozg’on qishloqlarida marmardan lagan, piyola kabi idishlar tayyorlash rivojlangan. 20-a. — 21-a. boshlarida (ayniqsa, O’zbekiston mustaqilligidan so’ng) ma’muriy va jamoat binolarini qurish va ularni bezashda ohaktosh, marmar, granit va b. toshlardan, tog’jinslaridan foydalanishga katta e’tibor berildi: Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Toshkent metropoliteni bekatlari, xalqlar do’stligi saroyi, Oliy Majlis, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oqsaroy va b. Hozir T. mexanizasiyalashtirilgan, tosh kesuvchi, toshni silliklovchi va b. mexanizmlar keng qo’llaniladi.